Buyuk Britaniyada 12-burchakli yangi tanga chiqariladi

Iqtisodiyot 17:37 / 02.01.2017 6209

Buyuk Britaniya bosh g‘aznachisi Devid Goek 1 funt sterlinglik qiymatga ega yangi tanga 28 martdan boshlab chiqarilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda CNN Money xabar bermoqda.

«Bu tarixiy kun bo‘ladi. Avvalgi tangani 1983 yilda muomalaga kirgandik», - dedi amaldor.

Yangi tanga 12-burchakli shaklda bo‘lishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, unda golografik qo‘shimcha ham bo‘lib, bu tangani soxtalashtirishdan saqlaydi. Bu esa juda muhim, sababi shu qiymatdagi tangalarning taxminan 3 foizi qalbakidir.

Bundan tashqari, u ikki turdagi metalldan iborat. Biroq oddiy fuqarolar tangani to‘lov terminallari va savdo avtomatlarida ishlatib bo‘lmasligidan norozi bo‘lishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: