Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda yangi turdagi o‘g‘itlarni ishlab chiqaradi

Iqtisodiyot 15:49 / 31.12.2016 8487

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi va Singapurning Indorama kompaniyalar guruhi Indorama Kokand Fertilizers qo‘shma korxonasini yaratish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Bu haqida Uzdaily ma'lum qildi.

Kimyo sanoatidagi yangi qo‘shma korxona Qo‘qon superfosfat zavodi bazasida yaratilib, eng zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqaradi. 

Loyihada ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni jalb qilish va modernizatsiyalash bilan bir qatorda fosfat dikalsiy va kaliy sulfat kabi yangi turdagi mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish ko‘zda tutilgan. 

Qo‘shma korxonada xorijiy investorning ulushi 75 foizni tashkil qiladi. Kompaniya 80 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Loyiha yaqin 5 yil davomida, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: