O‘zbekiston | 20:02 / 28.12.2016
8131
3 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy korxonalarning aholi bandligi va ijtimoiy himoyadagi roli haqida hisobot tayyorlandi

O‘zbekistonda ijtimoiy korxonalarni rivojlantirish katta ahamiyatga ega, ayniqsa, aholining bandlik va aholining ijtimoiy himaya qilish sohasida, shuningdek, mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan insonlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning (NNT) moliyaviy barqarorligini ta'minlash sohalarida katta rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, bu muammolarni hal qilishda, ijtimoiy korxonalar salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti. 1991-2015 yillar davomida nogironlarning jamoat tashkilotlari va ijtimoiy korxonalar soni 3,5 barobarga kamaydi. Bu ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bandligini past darajada saqlab qoladi. Faqat har bir yigirmanchi nodavlat notijorat tashkiloti ba'zida omadsiz natijaga olib kelsa ham, o‘zi mablag‘ topish uchun harakat qilmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘z mablag‘lari ulushi faqat 7% ni tashkil etadi.

Mehnat vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) “Ijtimoiy korxonalarning aholining bandligi va ijtimoiy himoyadagi roli” nomli tahliliy hisobot tayyorladi.

Ushbu tahliliy hisobotning maqsadi aholining va uning hojatmand qatlamlarini bandligi va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari moliyaviy barqarorligini ta'minlashda ijtimoiy korxonalarning roli va salohiyatini tahlil qilishdan iborat.

Ushbu hisobotda:

1) Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining bandligini ta'minlashda mahalliy ijtimoiy korxonalarning roli, nodavlat notijorat tashkilotlarning moliyaviy barqarorligi, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish;

2) BMTTD hamda Mehnat vazirligi tomonidan tashkil etilgan namunali ijtimoiy korxonalar tajribasinining tahlili;

3) soliq, huquqiy va boshqa masalalarni o‘z ichiga olgan holda, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati va tadbirkorlik sub'yektlari va ularning muhiti baholanadi;

4) ijtimoiy korxonalarning rivojlanishidagi muammolarini belgilash va tahlil qilish, shuningdek, tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.

Hisobot O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va BMTTDning «Bandlikni ta'minlashda ijtimoiy sheriklik» qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqildi.

Hisobot natijalaridan O‘zbekistonda ijtimoiy korxonalarni rivojlantirish masalalarida foydalanish mumkin.

Hisobotning elektron versiyasi mehnat.uz veb-saytining nashrlar bo‘limida joylashtirilgan.

 

Mavzuga oid