Xitoy Yerni masofadan turib zondlashga yordam beruvchi “Gaotszin-1” ikkita o‘ta sezgir sun'iy yo‘ldoshlarni uchirdi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.
“Gaotszin-1”ning ikkita sun'iy yo‘ldoshi chorshanba kuni Shansi viloyatidagi Tayyuan kosmodromidan “Buyuk safar-2D” raketa-tashuvchisi yordamida uchirilgan.
Agentlikning xabar berishicha, yo‘ldoshlar kengligi 0,5 metr bo‘lgan tasvirlarni tijoriy maqsadda jo‘natadi.
SuperView 1 nomi bilan tanilgan “Gaotszin-1” sun'iy yo‘ldoshlari Xitoyning masofadan turib zondlash uskunasiga ega yo‘ldoshlar guruhi sanaladi.