Yaponiyaning Panasonic korporatsiyasi Tesla Motors zavodiga 30 milliard iyena (256 million dollar) miqdorida mablag‘ yo‘naltiradi. Zavod Buffalo shahrida joylashgan bo‘lib, quyoshli batareyalar va modullar ishlab chiqaradi. Bu ikki kompaniya hamkorligini chuqurlashtirish imkonini beradi, deb xabar beradi Reuters.
Panasonic arzon maishiy elektronika ishlab chiqarishdan biroz voz kechib, avtokomponentlar va korporativ mijozlarga mo‘ljallangan boshqa yo‘nalishlarga e'tibor qaratdi.
Bitim doirasida amerika elektromobillar ishlab chiqaruvchisi yaponiya kompaniyasi bilan yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli kelishuvga erishdi, shuningdek unga fabrika binosi va infratuzilmani taqdim etadi.
Xabarlarga ko‘ra, ishlab chiqarish 2017 yilning yozida boshlanishi rejalashtirilmoqda va 2019 yilga qadar ishlab chiqariluvchi panellar quvvatini 1 gigavattga qadar yetkazish mo‘ljallanmoqda.