Millionerlarning eng asosiy siri ma'lum bo‘ldi

Foto: Linkedin
Deyarli bir asr ilgari jurnalist Napaleon Hill Amerikaning eng badavlat va omadli ishbilarmonlari tomonidan qo‘llanuvchi strategiyalarini kashf qilish missiyasiga otlandi.
U 20 yil davomida 500dan ziyod millioner hayotini o‘rganib chiqdi, uning tadqiqotlari 1937 yilda tugallanib, "O‘ylang va boying" bestsellerida o‘z ifodasini topdi.
Hillning so‘zlariga ko‘ra, sevgi-muhabbat va romantika omad va boylikni belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Bu his-tuyg‘ular erkaklarni yuqori cho‘qqilar sari chorlaydi.

"Kareradagi eng muhim tanlov kimga uylanishingga bog‘liq", - deydi Facebook tarmog‘ining bosh operatsion direktori Sheril Sandberg.
Ko‘pchilik bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi, jumladan Ketrin Elford ham: "Agar men boshqa turmush o‘rtoq tanlaganimda hayotim mutlaqo boshqacha bo‘lardi..."
Bu omil katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar ham bunday fikrlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Sent-Luisdagi Vashington universiteti olimlari Brittani Solomon va Joshua Jyekson o‘tkazgan tadqiqot ham insofli va farosatli turmush o‘rtoq maoshning sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘lishini ta'kidlashgan.

Bunday yor o‘z juftining kareraga katta e'tibor qaratishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari, ularda o‘z turmushidan mamnunlik hissi seziladi. Tadqiqotchilar uyda stress va dramaning yo‘qligi hamda qulay sharoit ishdagi ruhiy va jismoniy faollikka olib kelishini ta'kidlashadi.
Hill falsafasining muayyan qismi eskirgan bo‘lsa-da, uning mustahkam munosabatlar boylik va farovonlikka yetaklashiga doir fikrlari hanuz o‘z isbotini topmoqda.

Mavzuga oid

00:30 / 08.03.2025
Boyligi 100 mln dollardan ortiq odamlar soni ilk bor 100 ming kishidan oshdi

17:56 / 22.02.2025
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘quvchi ta’limiga qanday ta’sir qiladi?

13:01 / 12.02.2025
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan ayrim oilalarga subsidiya ajratiladi

09:50 / 12.02.2025