Qalinligi rekord darajada ingichka sim yaratildi

Fan-texnika 22:36 / 27.12.2016 9762

Stenford universiteti olimlari xalqaro guruhi dunyodagi eng ingichka sim yaratishdi. Ular buning uchun olmos kristall panjarasining eng kichik strukturaviy birligi – almazoiddan foydalanishdi. Bu haqda Nature Materials jurnali ma'lum qildi.

Bor-yo‘g‘i uch atom qalinlikdagi sim ikkita: o‘tkazuvchi va izolyatsiyalovchi qismdan iborat. O‘tkazuvchi qismni oltingugurt va mis birlashmasi – xalkogenidlar, izolyatsiyalovchi qismni almazoidlar tashkil qiladi. Tadqiqot mualliflari sim o‘lchamlariga e'tibor qaratib, bir va ikki o‘lchamli materiallar ularni fazoviy materiallardan farqlovchi bir qator xususiyatlarga egaligini ta'kidlashdi. 

Olimlar fikricha, ularning ixtirosi optoelektronika, o‘ta o‘tkazuvchilar va elektr energiya yaratuvchi materiallarni yaratishda foydali bo‘lishi mumkin. Almazoidlar hozirda elektron mikroskoplar va kichik elektron qurilmalar yaratishda qo‘llanadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: