Yigit o‘z sevgilisiga bir yarim mingta shisha idish yordamida oila qurish taklifini bildirdi

Xitoyning Shansi viloyatida istiqomat qiluvchi yigit o‘z sevgilisiga turmush qurish taklifini noodatiy tarzda bildirdi. U ko‘plab bo‘sh butilkalardan katta yurak shaklini yaratdi. Bu haqda UPI agentligi xabar bermoqda.
Erkak buning uchun 1,5 ming bo‘sh butilkalardan foydalandi. U o‘z tanishlari yordamida ularni asfalt bo‘ylab yurak shaklida joylab chiqqan. Newsflare servisi tomonidan chop etilgan videoda bunday g‘ayritabiiy holat ko‘plab “tekin tomosha” muxlislarini yiqqani tasvirlangan.
Yurak tayyor bo‘lgach, yigit o‘z sevgilisini chaqirib, unga oila qurish taklifini bildirdi. Qiz rozi ekanini ma'lum qilgan. Shundan so‘ng, tomoshabinlar bir-birlarini itarib, asfaltdagi butilkalarni olishga kirishib ketishdi.
Mavzuga oid

11:39 / 25.03.2024
Xitoyda 9 yildan beri ilk marta oila qurish ko‘rsatkichi oshdi

08:29 / 16.11.2017
Trampning ichish uchun suv qidirayotgan videosi ommalashdi

22:13 / 11.05.2017
Germaniyada plastik butilkalardan turli konstruksiyalar yasalmoqda (foto+video)

09:43 / 24.01.2017