Kanadada o‘ta tez internet farovon turmush belgisi bo‘ladi

Fan-texnika 15:22 / 23.12.2016 5140

Kanada hukumati yuqori tezlikdagi internetni mamlakatning barcha fuqarolari birdek ulana oladigan asosiy aloqa xizmati sifatida e'tirof etdi. Shu paytga qadar, bu ko‘rsatkich telefon aloqasi bilan o‘lchanar edi. 

22 dekabr kuni Kanadaning CRTC boshqaruvchisi yuqori tezlikdagi internetni «asosiy telekommunikatsiya xizmati» deb e'lon qilib, hukumatning ushbu tarmoqni rivojlantirish maqsadlariga doir axborotlarni ma'lum qildi. Unga ko‘ra, har bir fuqaro yuqori tezlikdagi internetga ulana olishi kerak. 

CRTC bayonotida, shuningdek, yuklab olish va serverga yuklash tezliklari bo‘yicha yangi maqsadlar belgilangan. Oddiy simli tarmoqlar uchun ulanish chegarasiz bo‘lishi lozim. ularda yuklab olish tezligi 50 Mbit/soniyani, serverga yuklash tezligi esa 10 Mbit/soniyani tashkil etishi lozimligi ta'kidlangan. Bu 2011 yilgi belgilangan rejadan 10 marta ko‘p. 

CRTC hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 mlnga yaqin kanadalik yoki aholining 18 foizi ayni vaqtda internet tezligi borasida belgilangan me'yorga ulana olmagan. Mamlakat hukumati esa, ushbu muammoni hal etish uchun 750 million dollar sarf qilishni rejalashtirayapti. CRTC 2021 yilgacha kanadaliklarning 90 foizi yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lishini kutmoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: