Fransiyada quyosh panellari bilan qoplangan yo‘l foydalanishga topshirildi

Fan-texnika 08:12 / 23.12.2016 9246

22 dekabrda Fransiyaning Turuvr shahrida quyosh batareyalari bilan qoplangan dunyodagi birinchi avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

«Avtomobil yo‘llari yuzasidan quyosh nurlarini elektr energiyasiga aylantiruvchi panellarni joylashtirish uchun foydalanish qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli bo‘lgan yerlarni tejash imkonini beradi», — degan mamlakat ekologiya, barqaror taraqqiyot va energetika vaziri Segolen Ruayal ochilish marosimida.

Davlatdan 5 million  yevro miqdorida moliyaviy yordam olgan loyiha 5 ming kishilik shaharni yoritish uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqa oladi. 

Ko‘proq yangiliklar: