Volvo kompaniyasi yosh haydovchilar uchun antiqa moslama yaratdi

Fan-texnika 17:59 / 22.12.2016 8721

Volvo kompaniyasi S90, V90 va XC90 modellari uchun qo‘shimcha haq evaziga sotib olish mumkin bo‘lgan maxsus "Qizil kalit" tizimi haqida so‘zlab berdi. Bu kalitdan agar avtomobil yangi, yosh  haydovchilar, servis markazlari xodimlari yoki parkovkachilarga berilgan holdagina foydalanish taklif qilinadi.  

"Biror kimsaga o‘z avtomobilingni berishda har doim xavotir hissi bo‘ladi. Mashinasini ko‘pincha biror kimga ishonib topshirishiga to‘g‘ri keladiganlar uchun rulda kim o‘tirganidan qat'i nazar, avtomobildan ongli ravishda foydalanayotganlariga ishonch beradigan "qizil kalit" kerak bo‘lib qolishi mumkin", deb aytildi kompaniyada. 

Qizil rangga bo‘yalgan maxsus brelokdan foydalanganda avtomobilning maksimal tezligi 120 km/coat bilan chegaralanadi, adaptiv kruiz-kontrol esa oldindagi avtomobilgacha bo‘lgan masofani maksimalgacha qo‘yadi, audiotizimning maksimal balandligi cheklanadi. Ya'ni u avtomobilning tezligi va audiotizimning balandligini cheklaydi.

Bundan tashqari, bu rejim ishlaganda barcha xavfsizlik tizimi, jumladan ko‘rinmaydigan hududlar, haydovchining toliqqanligi va harakatlanishning qatorlab ketishini kuzatish, old tomondan to‘qnashuvlardan ogohlantirish hamda yo‘l belgilarini tanish kabi tizimlar majburiy ravishda yoqiladi. 

Hozircha qizil kalitni kompaniyaning Buyuk Britaniyadagi dilerlaridan 110 funt sterlingga (136 AQSh dollariga) sotib olish mumkin.  

 

Ko‘proq yangiliklar: