Uber kompaniyasi San-Frantsiskoda haydovchisiz taksilar sinovini to‘xtatib qo‘ydi. Bunga Kaliforniya shtatining maxsus tartibga soluvchi idoralari tomonidan o‘zini-o‘zi boshqaruvchi avtomobillarni ro‘yxatga olish borasidagi tavsiyasi sabab bo‘lgan, deb xabar beradi BBC.
Shtat hukumati Uber’ni tegishli ruxsatnomani olmasa sudga berilishi bilan ogohlantirdi. Biroq kompaniya ushbu talabni bajarmagan. Boshqa kompaniyalar esa haydovchisiz avtomobillarni tajribadan o‘tkazish maqsadida ruxsatnoma olishdi. U YTH ro‘y berganda sug‘urta pullarini to‘lab berishni nazarda tutadi.