Nokia kompaniyasi sudga AQShning Apple kompaniyasiga qarshi patent huquqlarini buzganlik bo‘yicha bir nechta da'vo arizasi berdi. Bu haqda kompaniya saytida aytildi.
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, u uchta intellektual mulk portfeliga ega. Ta'kidlanishicha, kompaniya zamonaviy smartfon va planshetlarda qo‘llanuvchi ko‘plab texnologiyalarni qamrab oluvchi o‘n minglab patentlarga ega.
"2011 yilda litsenziyalash haqidagi va Nokia Technologies’ning ba'zi patentlarini qamrab oluvchi kelishuv imzolangandan boshlab, Apple ko‘plab mahsulotlarida qo‘llanadigan boshqa patentlangan ishlanmalarni litsenziyalash borasidagi Nokia’ning takliflarini rad qilib kelgan", deyildi Nokia’da.
Nokia’ning ta'kidlashicha, Apple bilan ko‘p yillik besamar muzokaralardan keyin u o‘z huquqlarini sudda himoya qilmoqchi.