Smartfon uchun tualet qog‘ozi – yaponlar o‘ylab topgan ixtirolardan biri. Albatta, ixtironing nomi quloqlarga biroz g‘alati eshitilishi mumkin. Biroq bu siz o‘ylagandek keraksiz narsa emas. Axir jamoat joylarida, hojatxonalarda biz hech qachon sevimli smartfonlarimizdan ajralmaymiz. Bunday joylarda esa havo katta miqdordagi mikroblarga to‘la bo‘ladi va ular gadjyet yuzasini biz sezmagan holda qoplab oladi. Aynan shunday vaziyatlarda maxsus yapon tualet qog‘ozi sizga yordamga keladi.
Gadjyetlar uchun tualet qog‘ozlari ilk bor Tokio shahridagi Narita aeroportidagi hojatxonalarda sinovdan o‘tkazildi. Bunday noodatiy dasturning tashabbuskorlari yirik yapon uyali aloqa operatori NTTDoCoMo sanaladi. Bu kichik o‘ramli qog‘ozlarda qanday qilib aeroportning bepul Wi-Fi tarmoqlariga ulanish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, yo‘lovchi o‘zi qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin. Albatta, qanday qilib qog‘ozlar yordamida gadjyetlar yuzasidagi mikroblarni olib tashlash mumkinligi haqida ham ko‘rsatmalar berilgan.