Fransiyalik talabalar Valentin Fuks va Perr Jovino yangi Volkswagen pikapi loyihasini ishlab chiqishdi. U Varok nomini oldi. Bu mashina g‘oyasi «Folksvagen» dizayn-markazidagi amaliyot davrida paydo bo‘lgan.
«Loyihaning maqsadi Volkswagen’ning o‘z yutini taqdim etib, Avstraliya bozoriga chiqishida edi», - deya ma'lum qildi Fuks. Dizaynerlarning so‘zlariga ko‘ra, ular ushbu avtomobil ustida ishlash davomida Vauxhall Maloo va Volvo V90 mashinalaridan ilhom olishgan.
Bunday mashinadagi pikap kuzovida uch yo‘lovchi joylashishi mumkin hamda yirik yuklarga joy qoldirilgan. Volkswagen Varok kuzovining orqa qismida maxsus tom o‘rnatilgandan so‘ng esa besh yo‘lovchi sig‘ishi mumkin. Bunday holatda yukni tomning o‘ziga joylashtirish imkoni bor.
«Folksvagen»da ayni damda bitta seriyali pikap - Amarok mavjud. Olti silindrli dizel hamda 224 ot kuchiga ega bo‘lgan modelning yangilangan nusxasi kelasi yili taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, «Amarok»da ikki litrli dizel “to‘rtliklari” ham qoldiriladi.