LG’ning yorqin, portativ, yangi lazer proyektori uy kinoteatri ixlosmandlari uchun yaratilgan

Fan-texnika 11:08 / 21.12.2016 11474

Ilk marta CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish etiladigan LGProBeam proyektori foydalanuvchilarga ixcham formatdagi 2 000 lyumenni taklif qiladi

LG Electronics (LG) uy kinoteatri ixlosmandlariga mukammal sharoitlarni taqdim etish uchun kelasi oyda CES® 2017 ko‘rgazmasida maxsus ishlab chiqarilgan yangi LG ProBeam lazer proyektorini namoyish qiladi. LGProBeam qulay uy sharoitida yoki istagan joy va istagan paytda kino yoki TV dasturlardan bahramand bo‘lish uchun nafaqat yuqori sifatli tasvir, balki taassurotlarning rang-barangligi muhim bo‘lgan tomoshabinlarning barcha ehtiyojlarini qondira oladi. LG ProBeam proyektori, HF80J modeli uy kinoteatrini yaratish uchun ayni muddaodir. U 2 000 lyumengacha yorug‘lik oqimini ishlab chiqaruvchi yuqori texnologiyali lazer bilan ta'minlangan, bu tomoshabinga videoni hatto yorqin ta'mirlangan inshootlarda ham ko‘rish imkonini beradi. «I» harfi shaklidagi innovatsion lazer moduli tufayli LG ProBeam uning portativligini oshiruvchi ajoyib dizaynga ega. LG qurilma uchun ixcham vertikal formatni tanlab, atigi 2,1 kg vaznli ProBeam’ni yaratdi va u 2 000 lyumenli yorug‘lik oqimiga ega, FullHD formatini qo‘llovchi eng yengil proyektor nomini oldi. ProBeam’ning klassik tashqi ko‘rinishi unga har qanday intererga moslashish imkonini beradi. 

Innovatsion ovoz sinxronlash tizimi tufayli LG ProBeam’ni Bluetooth orqali har qanday audioqurilmaga ulash mumkin, masalan, tashqi dinamik yoki quloqchinlarga. Bundan tashqari, simsiz signal uzatish funksiyasi yordamida LG ProBeam kontentni “aqlli” qurilmalardan katta ekranlarga ko‘chirishda Miracast standartidan foydalanadi. Tasvirni to‘rt tayanch nuqtasidan va avtomatik vertikal tekislovchi noyob tizim iste'molchiga tasvir sozlamalarining qulay variantini tez va oson topishga imkon beradi.


LG’ning allaqachon munosib taqdirlangan webOS platformasi tufayli iste'molchilar kundan-kunga oshib borayotgan ko‘plab oqim servislari va dasturlardan foydalanishlari mumkin. LG’ning maxsus ishlab chiqarilgan Magic Remote Controlo masofadan boshqaruvchi qurilmasi  SmartTV tizimida webOS interfeysi orqali oddiy navigatsiyani ta'minlaydi. Foydalanuvchilar webOS yordamida turli oqim servislariga osonlikcha ulanishlari mumkin. Iste'molchilar bunday dinamik funksional tufayli o‘z uylarida filmlar namoyishidan bahramand bo‘lishlari, dala hovlisidagi bog‘da qiziqarli sport o‘yinlarini kuzatishlari va hatto LG ProBeam proyektorini o‘zlari bilan sayohatga olib ketishlari mumkin. 

“Jahon bozoridagi yorug‘lik diodli proyektorlarning yetakchisi sifatida LG’ning uy kinoteatrlarini ishlab chiqarish sohasidagi boy tajribasi  uning birinchi lazer proyektori iste'molchilar orasida  muvaffaqiyat qozonishida yordam berishiga ishonchi komil”, - deb hisoblaydi LGHomeEntertainment kompaniyasi prezidenti Brayan Kvon.

LG’ning yangi lazer proyektori ommaga 5-8 yanvar kunlari CES ko‘rgazmasida,  Las Vegas Convention Center paviloni, markaziy zal, 11100-stendda namoyish etiladi.

LG Electronics kompaniyasi haqida

LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) innovatsiyalar, yuqori texnologiyali elektronika, zamonaviy mobil aloqa vositalari va maishiy texnika ishlab chiqarish sohasida yetakchilik qiladi. Kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 119 filialida 83 000 nafar xodim faoliyat yuritadi. LG kompaniyasi to‘rt bo‘limdan tashkil topgan: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance & Air Solution va Vehicle Components - bularning dunyo bo‘yicha umumiy sotuv  hajmi 2015 yilda 48,8 milliard AQSh dollarini (56.5 trln koreys voni) tashkil qilgan. LG Electronics yassi panelli televizorlar, mobil telefonlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqaruvchilari dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek LG Electronics 2015 ENERGY STAR Partner of the Year mukofoti sovrindoridir.

LG internetda: 

Facebook
Instagram
LGblog.uz
Mover.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: