Lada avtomobillari O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali yetkazib beriladi

Fan-texnika 11:15 / 21.12.2016 27770

Rossiya avtomobil sanoatidagi yangi Lada Vesta va Lada Xray modellari Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinishi mumkin. Mashinalar O‘zbekiston, Tojikiston va mintaqaning bir qator boshqa davlatlariga Qozog‘istondagi «Aziya-Avto» korxonasi orqali yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

«Kolesa.ru» portalining xabar berishicha, avtomobillar Ust-Kamenogorskda joylashgan «Aziya-Avto» zavodida yig‘ilmoqda.

Qozog‘iston korxonasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Lada avtomobillarini 2017 yilda 10 ming nusxada chiqarish rejalashtirilgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikistonga «AvtoVAZ»dan tashqari Ravon brendi ham yetkazib berilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi katta hukumat delegatsiyasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga 26 dekabr kuni tashrif buyuradi. Ushbu tashrif chog‘ida bu masala yuzasidan ham aniqlik kiritilishi ehtimolga yaqin.
 

Ko‘proq yangiliklar: