Xitoyda juda tez harakatlanadigan konvertoplan ishlab chiqiladi

Fan-texnika 14:40 / 21.12.2016 3395

Xitoylik muhandislar soatiga 500 km tezlik bilan parvoz qila oladigan konvertoplan ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda, deb yozgan China Daily gazetasi.

Xitoy davlat aviatsiya kompaniyasi (AVIC) bosh muhandisi U Siminning nashrga ma'lum qilishicha, xitoylik muhandislar Amerikaning V-22 Osprey qurilmasiga o‘xshash bo‘lgan konvertoplan modelini ishlab chiqishmoqda. Xitoy uchar qurilmasi  "Ko‘k kit" (Blue Whale) deb nomlanadi.

"Biz ikki xil konvertoplan ustida ish olib borayapmiz. Ularning biri o‘rta, ikkinchisi og‘ir parvoz vazniga ega bo‘ladi. Birinchisining parvoz vazni 20 tonnani tashkil etsa, boshqasiniki 40 tonna vazn bo‘ladi. Ular soatiga 500 kmgacha tezlikda ucha oladi", — degan U Simin.

Uning aytishicha, Xitoy konvertoplani 4ta rotor bilan jihozlanadi hamda V-22 Osprey bilan taqqoslaganda ancha qulay va xavfsiz bo‘ladi. 

China Aviation News nashri esa, yangi konvertoplan 3,1 ming kilometrgacha parvoz qila olishi mumkinligi haqida yozgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: