Yevrokomissiya Yahoo! sotib olinishini ma'qulladi

Fan-texnika 21:59 / 21.12.2016 3688

Yevropa Ittifoqidagi bosh aksilmonopol regulyator – Yevrokomissiya 21 dekabrda eng yirik telekommunikatsiya operatorlaridan biri Verizon Communications tomonidan Yahoo! internet-kompaniyasi sotib olinishi bo‘yicha bitimni ma'qulladi. Bitim qiymati 4,83 mlrd dollarga baholangan. 

Bitim haqida joriy yil iyulida e'lon qilingandi. Verizon kompaniyaning butun asosiy biznesini va unga tegishli ba'zi ko‘chmas mulk obektlarini qo‘lga kiritadi. Agar bitim Yahoo! aksiyadorlari tomonidan ham ma'qullansa, unda 2017 yil boshida yopiladi.

Avvalroq Yahoo!’da ko‘plab muammolar yuz berayotgani, bu esa uning sotilishi bo‘yicha xavotir tug‘dirgani ma'lum qilingandi. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yahoo! aksiyalari 39,2 dollardan (+0,1 foiz), Verizon’niki esa 53,01 dollardan (-0,23 foiz) sotilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: