Ford ichkilik sabab yuzaga keluvchi bosh og‘rig‘i kabi ta'sir ko‘rsatadigan maxsus kiyim yaratdi

Fan-texnika 18:46 / 20.12.2016 5199

Ford kompaniyasi Germaniyaning Meyer-Hentschel Institute instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda inson organizmiga ichkilik sabab yuzaga keluvchi bosh og‘rig‘i kabi ta'sirga ega bo‘luvchi maxsus kiyim yaratdi. Ular bunday holatda avtomobilni boshqarish naqadar xavfli ekanini ko‘rsatib berishni maqsad qilishgan.

Kiyim nimcha, to‘piq va bilaklarga mo‘ljallangan og‘irlashtiruvchi vositalar, shuningdek bosh kiyimi, ko‘zoynak va qo‘loqchinlardan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 17 kilogramm og‘irlikka ega. U aynan yuqoridagi bosh og‘rig‘i kabi ta'sir ko‘rsatadi: charchash, bosh aylanishi, qattiq bosh og‘rig‘i va diqqatni bir joyga jamlash bilan muammolar.

Ford’da ta'kidlanishicha, kishilar bayramlarda boshqa paytga qaraganda ko‘proq spirtli ichimlik iste'mol qilishlari mumkin, va «bu davr juda xavflidir, sababi bunday holatda avtomobil ruliga o‘tirish haydovchi uchun ham, boshqalar uchun ham fojiali oqibatlarga olib kelishi aniq».

Kiyim «Ford Driving Skills for Life» keng qamrovli dasturi doirasida yaratildi. 

Ko‘proq yangiliklar: