Samsung Apple'ning yangi qurilmalari uchun OLED-displeylarni yetkazib beradi

Fan-texnika 15:27 / 19.12.2016 3251

Apple'ning yangi smartfoni plastik asosdagi OLED-displeyga ega bo‘ladi. Bu haqida Korea Herald ma'lum qildi. Bu jihat iPhone 8 qurilmasini avvalgilaridan-da yupqa va yengil qiladi. 

Nashr iPhone 7 qurilmalaridagi LCD-ekranlar, organik svetodiodlardagi hamda plastik asosli innovatsion ekranli OLED-ekranlar o‘rtasidagi farqni yaqqol ko‘rsatib bergan. 

Yaqinda insayderlar LG Display'ning iPhone uchun moslashuvchan ekranlar yetkazib berishi haqida xabar berishgandi. Biroq ma'lum bo‘lishicha, Apple'ning 2017 yildagi barcha smartfonlari uchun OLED-displeylarni Samsung Display ishlab chiqaradi. Ushbu bo‘lim mazkur yo‘nalish bo‘yicha eksklyuziv hamkor maqomiga ega bo‘ladi, boshqa ishlab chiqaruvchilar esa unga keyinroq qo‘shilishadi. 

Manbaga ko‘ra, kelgusi yilda uch iPhone taqdimoti kutilmoqda. iPhone 7s va iPhone 7s Plus qurilmalari iPhone 7 va iPhone 7 Plus'ning takomillashtirilgan versiyalari bo‘ladi, iPhone 8 esa mutlaqo yangi, inqilobiy qurilma bo‘lishi kutilmoqda. 

Bundan avval iPhone 2017 yilda simsiz zaryadka, ikkilamchi kamera va barmoq izlari skaneriga ega bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: