iPhone 6S qurilmasi portlagan holat qayd etildi

Fan-texnika 17:45 / 16.12.2016 8642

Bir necha hafta ilgari Apple kompaniyasi iPhone 6S smartfonining yangi partiyalaridan birida nuqsonli detallarning mavjudligini tan olgandi. 

Phone Arena nashri o‘quvchisi tahririyatga portlagan iPhone 6S qurilmasining suratlarini yo‘lladi. Ma'lum bo‘lishicha, qurilma zaryaddan olinishi bilan portlab ketgan. 

Telefon egasi iPhone'dan zaryadlash simini chiqarishi bilanoq undan quyuq tutun chiqib ketgan va "olma" devaysi sohibi uni polga tashlab yuborgan. 

Iste'molchi bu masalada kompaniya ustidan sudga murojaat qilish yo qilmaslik rejasi haqida xabar bermagan. Shuningdek voqea natijasida unga zarar yetganligiga oid ma'lumot ham yo‘q. 

Ko‘proq yangiliklar: