BMT dorilarni yetkazishda dronlardan foydalanib ko‘radi

Fan-texnika 16:24 / 16.12.2016 3306

Birlashgan millatlar tashkiloti uch yildirki, uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalardan tinchlikparvar amaliyotlarda hudud razvedkasini amalga oshirishda foydalanadi. Yaqinda tashkilot dronlarni insonparvarlik maqsadida ham qo‘llashni boshlashi mumkin. BMTning bolalar jamg‘armasi YUNISEF 2017 yil aprelida Malavida sinov ishlarini o‘tkazadi. Shu maqsadda bu yerda havo yo‘lagi tashkil etilmoqda. 

"Malavi hukumati va YUNISEF dronlardan gumanitar maqsadlarda foydalanish uchun sinov o‘tkazish maqsadida havo yo‘lagi tashkil etmoqda", - deyiladi jamg‘arma saytida. Xabarlarga ko‘ra, 40 kmlik ushbu yo‘lak Afrikadagi birinchi va dunyodagi ilk gumanitar yo‘laklardan biri bo‘ladi. Sinov ishlariga esa xususiy kompaniyalar va oliy o‘quv yurtlari taklif etiladi. 

YUNISEFda belgilab olingan vazifalarga ko‘ra, dronlar gumanitar amaliyotlar doirasida video va fototasvirga olishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, ulardan mobil aloqa signallarini kuchaytirish maqsadida qayta uzatuvchilar sifatida foydalaniladi. Bu ayniqsa, tog‘li hududlarda qo‘l keladi. Nihoyat, bu o‘ziuchar qurilmalar uncha yirik bo‘lmagan yuklar, xususan, dori-darmonlar, emdorilar hamda qon namunalarini tashiydi. 

YUNISEFda ma'lum qilishlaricha, dronlardan 2016 yil martida o‘tkazilgan sinov loyihasida muvaffaqiyatli foydalanilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: