O‘zbekiston | 20:56 / 15.12.2016
75671
1 daqiqa o‘qiladi
Sirdaryo viloyati hokimi o‘zgardi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 dekabrdagi farmoniga binoan Sirdaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi.
Ma'lum qilinishicha, viloyatning yangi hokimi G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev bo‘ldi. U bu lavozimda Oybek Ashurmatovni almashtirgan. Oybek Ashirmatov 2010 yildan buyon viloyatga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Uning keyingi faoliyati haqida aniq ma'lumot yo‘q.