Microsoft Translator dasturiy ta'minoti endilikda real vaqt rejimida ishlaydi. Uning mobil versiyasida foydalanuvchining so‘zlarini avtomatik tarzda bir yoki bir necha suhbatdosh tiliga tarjima qilish imkonini beruvchi muloqot funksiyasi paydo bo‘ldi. Muloqotga kirishish uchun smartfonda maxsus kodni kiritish yoki QR-kodni skanerlash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, servisning internet-sahifasi orqali xorijliklar bilan muloqot qilish mumkin.
Android, iOS va Windows 10'da Microsoft Translator yangilangan tarjimon dasturini yuklab olish imkoni mavjud. Yangi funksiya sayohatlarda va xorijliklar bilan muloqot qilganda yaqindan yordam beradi. O‘z navbatida, gidlar sayyohlar qaysi tilda so‘zlashidan qat'i nazar, ularga kerakli ma'lumotni yetkazishga muvaffaq bo‘lishadi.
Foydalanuvchi Microsoft Translator'ni o‘rnatishi bilanoq o‘z ona tilini belgilashi kerak bo‘ladi. Matnli rejimda taxminan 60 tilni qo‘llab-quvvatlaydi, og‘zakida esa - 7. Kelgusida servis 100 nafargacha bo‘lgan guruhlar bilan ishlashni ko‘zlamoqda.
Ta'kidlash joizki, Google Translator ilovasida sinxron tarjima xizmati mavjud, faqat foydalanuvchining qurilmasida — jamoaviy muloqotga boshqa gadjyetdan qo‘shilishning iloji yo‘q.