AQSh FZT qayta moliyalash stavkasini 0,25 foizga oshirdi

AQSh Federal zaxira tizimi (Markaziy bank)ning ochiq bozorlar qo‘mitasi ushbu yildagi qayta moliyalash stavkasini 0,5–0,75 foizga oshirishga qaror qildi. Bu haqda, FZT saytida e'lon qilingan.
«Mehnat bozori va inflyatsiya bilan bog‘liq joriy holatlar va kutilayotgan prognozlarni hisobga olgan holda, qo‘mita federal mablag‘lar bo‘yicha asosiy qayta moliyalash stavkasini yillik 0,5–0,75 foizgacha yetkazishga qaror qildi», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, AQSh Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining yaqin uch yilga doir prognozlarini ham o‘zgartirgan.
Unga ko‘ra, FZT kelayotgan 2017 yilda qayta moliyalash stavkasini 3 martaga oshirishidan ogohlantirgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
AQSh FZT rahbari Janet Yyellen buni «buni juda kamtarona tartibga solish» deb baholagan.
Mavzuga oid

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

22:06 / 13.03.2025
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

19:11 / 13.03.2025