Rossiyaning JetSmarter startapi smartfonlardan biznes-jyetlarni band qilib qo‘yish uchun 105 million dollarni jalb etdi. Mablag‘lar rep-ijrochi Jay-Z va Saudiya shahzodasi, shuningdek Britaniyaning KZ Capital jamg‘armasi va JetEdge biznes-aviatsiya operatori tomonidan yo‘naltirilgan. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.
Servis xususiy samolyotlarda joylarni bronlab, foydalanuvchilarga ularni mobil ilova orqali xarid qilish imkonini beradi. Kompaniya 50 yo‘nalish bo‘yicha parvozni amalga oshirishi mumkin. Ilova orqali aeroportdan xususiy vertolyot buyurtma qilinishi ham mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida bir martalik badal puli 4 ming dollarni tashkil qilsa, har yili a'zolik uchun 11 ming dollardan voz kechish talab etiladi.
Kompaniya esa o‘zining qiymatini 1,6 milliard dollarga baholagan. Jalb etilgan mablag‘lar startapni Hindiston, Xitoy va Janubiy Amerika bozorlarida rivojlantirish uchun sarflanadi.
Ma'lumot uchun, JetSmarter’ga 2012 yilda rossiyalik Sergey Petrosov tomonidan asos solingan. Ayni damda unda 3,1 ming samolyot ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniya xizmatlaridan 2015 yilda deyarli 35 ming yo‘lovchi foydalandi.