Nokia tugmali yangi telefon chiqardi

Fan-texnika 22:02 / 13.12.2016 17934

HMD Global kompaniyasining ma'lum qilishicha, Nokia kompaniyasi Nokia 150 telefonini ikkita turda sotuvga chiqaradi. Ular bir va ikkita SIM kartali bo‘ladi.
Telefonning xususiyatlari
Rangli ekranli telefon bir marta quvvatlanishda bir necha kun davomida ishlay oladi. Kompaniya o‘z muxlislarining qiziqishini inobatga olgan holda «Iloncha» (Snake Xenzia ) o‘yinini qayta o‘rnatishdi. Nokia 150 microUSB porti orqali quvvatlantiriladi.

Telefon xarakteristikasi:

•  Ekran: 2,4 dyuymli, rangli, QVGA
•  MicroSD kartasini qo‘llab-quvvatlashi: bor
•  Kommunikatsiya: Bluetooth, FM-qabul qilgich, microUSB, 3,5 mm
•  Ko‘ngilochar dasturlar: «Iloncha» o‘yini, FM-radio, MP3 – pleyer
•  Fonar: bor
•  Kamera: VGA
•  Akkumulyator: BL-5C, 1020 mAs
•  Suhbat rejimida ishlatiladigan quvvat vaqti: 22 soatgacha
•  Kutish rejimida ishlatiladigan quvvat vaqti: 1 oygacha
•  O‘lchami: 118 x 50,2 x 13,5 mm
•  Og‘irligi: 81 g


 

Ko‘proq yangiliklar: