Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti amnistiya haqidagi qonunni imzoladi

FOTO: AKORDA
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 13 dekabrda "Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan amnistiya haqida"gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Nazarboyev matbuot xizmati.
"Yurtdoshlarimizga nisbatan bu rahmdillik, umid va afv etish amali jamiyatni sog‘lomlashtirishga imkon beradi. Amnistiya ijtimoiy zaif toifalarni, ya'ni balog‘atga yetmaganlar, homilador va bolali ayollar, nogironlar, keksa kishilarni qamrab oladi", deb aytdi Nazarboyev.
Nazarboyev mustaqillik yillari davomida 8 marotaba amnistiya e'lon qilinganini ta'kidlab o‘tdi.
"Amnistiya hammasi bo‘lib 28 ming kishini qamrab oladi. Bu Mustaqilligimiz yubileyi arafasida muhim insonparvarlik aksiyasidir", deb ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidenti 1500 kishi axloq-tuzatish muassasalaridan ozod qilinishi, ulardan 80 foizi maxsus (probatsiya) xizmatlar nazoratida bo‘lishini aytdi.
"Ularning barchasi bizning fuqarolardir. Ularga tuzalish yo‘liga turishga va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga imkon berish kerak. Biz barchamiz ularga yordam berishimiz lozim. Umid qilamanki, afv etilganlar kelgusida boshqa qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaydilar", deb o‘z so‘zlarini nihoyaladi Nazarboyev.
Nazarboyev Mustaqillik yillari davomida mamlakatda qonunchilikning insonparvarlashuvi yo‘lida katta ish qilinganini qayd qilib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025