Xakerlar AQSh va Kanadani Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga qarshi til biriktirishda aybladilar

Fan-texnika 23:54 / 13.12.2016 6179

Fancy Bears xakerlari AQSh aksildoping agentligi (USADA) va Kanada sportda axloq masalalari markazini (CCES) Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga qarshi til biriktirishda aybladilar. Bu haqdagi tegishli hujjatlar xakerlik guruhining saytida 13 dekabrda chop etildi,

"Olimpiyachi" loyihasi 2016 yilgi Olimpiada oldidan ishga tushirilgan. Xakerlarning ta'kidlashicha, uning maqsadi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ustidan hokimiyatga ega bo‘lgan agentlikni yaratish yo‘li bilan uni yomonotliq qilish bo‘lgan. Loyiha XOQga qarshi da'vo arizasini tayyorlashda ko‘mak ko‘rsatgan Davies Ward Phillips & LLP Vineberg kompaniyasidan huquqiy yordam olgan. USADA va CCES Polsha, Ispaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Norvegiya, Avstriya va Finlyandiya aksildoping agentliklariga murojaat qilganda, ular loyihani qo‘llab-quvvatlashni rad etishgan. Hujjatlarga ko‘ra, USADA va CCES’ning xarajatlari 70 ming dollardan ko‘proqni tashkil qilgan. 

Sentyabrda Fancy Bears xakerlari ADAMS aksildoping tizimini buzib kirishgan va davolanish maqsadida taqiqlangan vositalarni qabul qilishga ruxsat olgan sportchilar ro‘yxatini birin-ketin chop etib borishgan. Bunday sportchilar orasida opa-singil tennischilar Serena va Vinus Uilyams, amerikalik gimnastikachi Simona Baylz, ispaniyalik tennischi Rafael Nadal hamda serbiyalik basketbolchi Milosh Teodosich ham bo‘lgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: