Amerikalik haydovchilar yilning eng yaxshi dvigatellarini tanlashdi

Fan-texnika 19:04 / 13.12.2016 6370

Amerikaning Wardʼs Auto nashri «Yilning Top-10 eng yaxshi dvigateli»ni e'lon qildi. Ushbu ro‘yxatning 23 yillik tarixi davomida ilk marotaba 8 silindrli motor g‘oliblar orasidan joy olmagan. Bundan tashqari, bironta ham havoli dvigatelga ishonch bildirilmagan.

Wardʼs Auto muharrirlari ikki oy mobaynida avtomobillarni sinab, o‘rtacha yonilg‘i sarfi, titrash va shovqin darajasini o‘rganishgan. Bundan tashqari, ot kuchi, aylanish lahzasi, innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda boshqa jihatlariga e'tibor berilgan.

Shunday qilib, amerikaliklar ishonch bildirgan eng yaxshi motorlarga 7ta kuchaytirilgan va 3ta gibrid qurilmalar kiritilgan.

Demak, Wardʼs Auto jurnali tasnifi bo‘yicha eng yaxshi motorlar o‘nligi

Umuman, mutaxassislar 40ta avtomobil modelini o‘rganishgan, bunda eng arzonining narxi 62 ming dollardan oshmasligi shart qilingan edi. Shu bilan birga, o‘tgan yilgi g‘oliblar ham yana bir bor kuchlarini sinab ko‘rgan.

«Bu yilgi tanlov natijalari, yana bir marotaba, ishlab chiqaruvchilarning dvigatellar hajmini kamaytirishga harakat qilayotganini ko‘rsatdi. Ular buning uchun turbokuchaytirish va elektr texnologiyalarini qo‘llamoqda», — deb qayd etgan Wardʼs Auto muharriri Dryu Uinter.

 

 

Ko‘proq yangiliklar: