Germaniya nima sababdan Shengen hududida chegara nazoratini kuchaytirmoqchi?

Germaniya o‘zining tashqi chegaralarida nazorat qilish muddatini uzaytirishga erishmoqchi. Bunga, maxsus xizmatlar ma'lumotlariga ko‘ra, qochqin ko‘rinishida terrorchilarning kirib kelishi ehtimoli sabab qilib ko‘rsatilgan. Germaniyada chop etiladigan Der Spiegel haftaligi shu haqda so‘z yuritmoqda. Nashr Bryusseldagi Yevropa mulozimlari kengashlarining protokollarini o‘rgangach, shunday xulosaga kelmoqda.
GFR ichki ishlar vazirligi 2015 yil kuzidan beri Avstriya bilan chegara nazoratini o‘rnatgan edi. Bundan ko‘zlangan maqsad, mamlakatga kirib kelayotgan muhojirlar oqimini ro‘yxatga olish va ularning nazoratsiz mamlakat bo‘ylab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. Keyinchalik, Shengen hududiga kiruvchi boshqa mamlakatlar ham Germaniyadan o‘rnak olishdi.
Berlin ma'muriyati chegaralardagi bu kabi nazoratlarni muvaqqat mazmunga ega deb baholagan edi. Biroq, uning amal qilish muddati bir necha marta uzaytirildi va so‘nggi bor 2017 yil fevrali deb belgilandi. Endilikda, federativ respublika bu muddatni yana uzaytirish bo‘yicha vakolat taqdim etishni so‘rab Yevrokomissiyaga murojaat qilgan.
Myunxendagi Ifo iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazish institutining ma'lum qilishicha, Shengen hududida chegara nazorati Yevropa iqtisodiyotiga milliardlab zarar keltirmoqda. Shu sababli, yuk avtomobillar ko‘p vaqtini chegaralarda o‘tkazmoqda. Kompaniyalarning logistika xarajatlari ham oshmoqda. Buning natijasida mahsulotlar tannarxi ko‘tarilmoqda, hajmi kamaymoqda. Bundan tashqari, vujudga kelgan vaziyat sayyohlik sohasiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda, deb qayd etishgan iqtisodchi-tadqiqotchilar.
Mavzuga oid

00:29 / 10.03.2025
Yevrokomissiya rahbari birinchi marta xavfsizlik masalalari bo‘yicha kollegiya yig‘ilishini chaqiradi

12:26 / 06.03.2025
Yevrokomissiya Rossiya yonilg‘isidan bosh tortish rejasini e’lon qilishni yana kechiktirdi

23:25 / 02.03.2025
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi

21:36 / 16.01.2025