Twitter rahbari Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi haqida gapirdi

Fan-texnika 15:32 / 08.12.2016 5149

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan Twitter ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish hech kutilmagan holat bo‘lib, unga jamiyatning barcha qatlami bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi. USA Today gazetasining xabar berishicha, bunday fikr Twitter kompaniyasi asoschisi va rahbari Jyek Dorsidan chiqqan.

"Saylangan prezident bizning xizmatlardan boshqa kishilar bilan muloqotda bo‘lish maqsadida foydalanadi, va bu istalgan insonga u ayni damda nima haqida o‘ylayotganidan xabardor bo‘lish imkonini yaratadi. Menimcha, bu juda qiziq", - dedi Dorsi. Uning eslatishicha, Tramp jamoasi saylovoldi kampaniyasi vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan o‘z g‘oyalarini ilgari surishda faol foydalangan.

Twitter kompaniyasi asoschisi va rahbari Jyek Dorsi

"Avval bunday holatni hech ko‘rmagandim, - davom etadi Dorsi. – Biz yangi dunyoga qarab ketmoqdamiz. Unda barcha narsa yuzaga chiqadi va har kim buni ko‘rishi va real vaqt rejimida muhokama qilishi mumkin". Mutaxassisning tan olishicha, u "jarayon oxir-oqibat qayerga olib kelishini" bilmaydi.

Ma'lumot uchun, Tramp Oq uy uchun kurash davomida bir necha marotaba ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning muhimligi haqida aytib o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, aynan Twitter va Facebook’dagi keng qamrovli targ‘ibot kampaniyalari uning saylovlarda g‘alaba qozonishiga sababchi bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: