Daimler kompaniyasi va Gollandiya politsiyasi 300 ta maxsus Mercedes-Benz Sprinter 316 CDI avtomobilini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Gollandiya politsiyasi avvalroq Mercedes-Benz Sprinter 316 CDI furgonlarida sinov o‘tkazgan edi. Sinov o‘tgach, ular mashinaning yaxshiligini, jumladan, gidrotransformatorning a'lo darajada ishlashini, kichik radiusda ham burila olishini va yonilg‘ini tejab sarflashini e'tirof etishdi.
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, furgon 100 km. masofaga 7,1 litr yonilg‘i sarflaydi. Birinchi maxsus mashina Gollandiya politsiya uchastkalaridan biriga yetkazilgan.