Filippin prezidenti Trampga hajviy taqlid qildi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotdan olgan taassurotlari haqida gapira turib, Trampning ovozi va talaffuzi o‘xshatib, unga taqlid qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Avvalroq Tramp va Duterte o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan, muloqot davomida Duterte Trampni AQShdagi saylovlardagi g‘alaba bilan tabriklagan.
"Prezident Duterte, sen mardsan. Seni tanqid qilayotgan amerikaliklar tufayli sen tashvishlanayotganingni bilaman. Biroq sen baribir azamatsan, shunday davom etaver", deb Duterte Tramp bilan prezident saroyidagi uchrashuvidagi uning aytgan gaplariga taqlid qildi.
Duterte Trampning so‘zlarini unga xos tarzda bayon qilishda davom etib, "AQSh va Meksika chegarasidagi muammo"ni ham eslab o‘tdi.
"Sen Vashington yoki Nyu-Yorkda bo‘lsang, meni top va biz birga qahva ichamiz. Balki sen bu muammoni hal qilish borasida biror taklif bera olarsan, jin ursin", deb Filippin prezidenti Trampga taqlidini davom ettirgan.
Duterte Tramp bilan muloqotdan keyin o‘zini "avliyodek" his qilayotganini aytdi. Avvalroq Tramp Duterte bilan suhbat davomida uning giyohvandfurushlikka qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini aytgan va uni 2017 yilda Oq uyga kelishga taklif qilgan.
Mavzuga oid

11:23 / 11.03.2025
Filippin sobiq prezidenti Rodrigo Duterte hibsga olindi

18:35 / 24.05.2022
Duterte Ukrainadagi urushni qoraladi

20:39 / 30.11.2021
Dutertening vorisi Filippin prezidenti saylovlarida ishtirok etmaslikka qaror qildi

22:18 / 12.10.2021