DiKaprio Tramp bilan uchrashdi

Foto: Getty Images
Amerikalik aktyor Leonardo DiKaprio va uning jamg‘armasi rahbari Terri Tamminen AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi, deb xabar beradi Associated Press. Uchrashuv Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan.
Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish bog‘liq ishlarning iqtisodiyotga ta'sirini muhokama qilishdi. Leonardo DiCaprio Foundation rahbari bo‘lgan Tamminenning aytishicha, ular saylangan prezident, uning qizi Ivanka Tramp va prezident jamoasining boshqa a'zolariga qayta tiklanuvchi quvvat manbalari millionlab yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordam berishini ko‘rsatib berishgan.
Ma'lumot uchun, DiKaprio iqlim o‘zgarishi va yovvoyi tabiatni asrab qolish uchun faol kurash olib boradi. Yaqinda esa uning ishtirokidagi “Sayyorani qutqarish” nomli hujjatli film chiqdi.
Xabarlarga ko‘ra, Tramp aktyorga yanvar oyida yana bir bor uchrashishni taklif qilgan.
Mavzuga oid

18:08 / 05.03.2025
Olimlar XXI asrda Yerning rekord darajada yashillanishini bashorat qilmoqda

11:55 / 18.02.2025
Havoni ifloslantiruvchi omillar: mutaxassis fikri

12:33 / 17.02.2025
Muzliklarning erishi noma’lum viruslar tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin

16:29 / 06.02.2025