Tramp "Yil odami" deb topilgani u uchun katta sharaf ekanligini aytdi

Foto: Reuters
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Time jurnali tahririyati talqini bo‘yicha "Yil odami" deb topilganidan "boshi osmonga yetganini" va buni o‘zi uchun katta sharaf ekanligini aytdi.
"Sening surating Time jurnali muqovasiga qo‘yilsa, bu katta sharafdir", deb aytdi Tramp.
Jurnal Tramp surati yonida "Donald Tramp. Amerika tarqoq shtatlari prezidenti" degan yozuvni joylashtirdi. Time jurnali bu bilan Trampning prezident etib saylanishi ko‘plab norozilik namoyishlari va ba'zi shtatlarning AQSh tarkibidan chiqishga urinishlari bilan kechgan jamiyatda katta rezonans keltirib chiqarganiga ishora qilgan.
"Fikrimcha, "tarqoq" atamasini ishlatish – bu juda zaharxandalikdir. Men nizo chiqishi uchun hech narsa qilmaganman", deb aytdi Tramp NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Avvalroq Time jurnali Trampni ko‘plab munosib nomzodlar orasidan "Yil odami" deb topgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

22:19 / 07.02.2025
Time muqovasiga prezident kursisida o‘tirgan Ilon Mask surati joylashtirildi

20:52 / 09.12.2024
TIME jurnali «Yil odami» nominatsiyasiga nomzodlarni e’lon qildi

21:22 / 06.12.2023
TIME jurnali xonanda Teylor Sviftni «2023 yil odami» deb topdi

23:06 / 04.12.2023