AQSh Oliy sudi patent mojarosi bo‘yicha da'voni Samsung foydasiga hal qildi. Bu haqda Lenta.ru xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlarning Oliy sudi 6 dekabr kuni Samsung va Apple kompaniyalari o‘rtasidagi patent mojarosini Janubiy Koreya kompaniyasi foydasiga hal qildi.
Apple Samsung kompaniyasini Galaxy smartfonlari va boshqa qurilmalarida uning dizaynidan foydalangani borasida ayblov e'lon qilgan edi. Sakkiz marotaba o‘tkazilgan sud jarayoni yakuni Samsung kompaniyasi foydasiga hal bo‘ldi.
Apple dastlab Samsung’dan 930 million dollar talab qilgan edi. Ammo ma'lum bir vaqt o‘tgach, bu summa 382 million dollarga tushirildi.