Microsoft mashhur ijtimoiy tarmoqlardan birini 26,2 milliard dollarga xarid qilmoqda

Fan-texnika 08:12 / 07.12.2016 5447

Amerikaning Microsoft korporatsiyasi tomonidan LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini xarid qilinishi Yevrokomissiya tomonidan ma'qullandi, deb xabar bermoqda Reuters.

AQSh, Kanada, Braziliya va Janubiy Afrika tomonidan ma'qullangan va qiymati 26,2 milliard dollar bo‘lgan kelishuv bir necha kun ichida yakuniga yetkaziladi, deyiladi Microsoft bayonotida.

Avvalroq, Microsoft LinkedIn’ni xarid qilish uchun Outlook bo‘yicha bir qator huquqlardan voz kechgani xabar qilingandi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: