Honda o‘zining haydovchisiz boshqariladigan mashinasini tayyorlamoqda

Fan-texnika 18:46 / 07.12.2016 4656

2017 yilning 5-8 yanvar kunlari Las-Vegasda o‘tadigan maishiy elektronika xalqaro ko‘rgazmasida Yaponiyaning Honda korporatsiyasi o‘zining haydovchisiz boshqariladigan elektr transport vositasini taqdim etadi.

Avtonom avtomobilda ilk bor Emotion Engine texnologiyasi qo‘llanilgan. U Honda va SoftBank yapon mediakorporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlangan. Yangi ishlanma odamlar va transport vositalari o‘rtasida o‘zaro harakatda yangi imkoniyatlar taqdim etadi, deyiladi kompaniya relizida.

“Xonda”ning Las-Vegasdagi matbuot anjumani 2017 yilning 5 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Unda kompaniya prezidenti va bosh ijrochi direktori Yoshioki Matsumoto ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: