Xitoy hukumati 4,5 ming internet manbani yopib qo‘ydi

Fan-texnika 10:35 / 07.12.2016 5633

XXRning kibermakon masalalari bo‘yicha boshqarmasi 4,5 ming internet-manbaga kirish imkonini cheklab, internetning Xitoy segmentida axloqsiz fayllarni tarqatgan 3,1 ming dastur ishini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bergan.

"Zo‘ravonlik va axloqsiz sahnalar tufayli kelib tushgan shikoyat arizalari sahifalarni yopishga sabab bo‘ldi", - ta'kidlangan mahkama hisobotida. Unda aytilishicha, boshqarma bu yo‘nalishda ish olib borishda davom etadi va internet foydalanuvchilarni kibermakonda huquqiy tartibni saqlab qolishda yordam ko‘rsatishga chaqirgan.

Agentlikning ta'kidlashicha, 8 dekabrdan internet-resurslar ishlashiga doir yangi qoidalar kuchga kiradi. Unga ko‘ra, XXR provayderlari tomonidan taqdim etilgan sahnalar milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibiga xavf solmasligi lozim.
 

Ko‘proq yangiliklar: