Yangi Opel Insignia haydovchi ko‘nikmalariga moslashadi

Fan-texnika 17:52 / 07.12.2016 7273

Germaniyaning Opel kompaniyasi yangi avlod Insignia xetchbekini namoyish etdi. U Grand Sport deb nomlangan. Modelning platformasi yangilangan bo‘lib, moslashuvchi shassiga ham ega bo‘lgan. Bu shassi har bir haydovchining avtomobilni boshqarish uslubiga moslasha oladi. 

Yangi avlod Opel Insignia kelgusi yil mart oyida Jyenevada bo‘lib o‘tadigan motorshouda rasman taqdim etiladi. 

Insignia modeli Chevrolet Malibu avtomobiliga asos bo‘lgan yangi E2XX platformada ishlab chiqilgan. U avvalgisidan 55 mm uzunroq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, uning g‘ildiraklar bazasi ham 92 mmga kengayadi. G‘ildiraklar o‘lchami ham 10 mmga kattalashadi. Shu bilan birga, qanotlari chegarasi 30 mmga pasayadi. Model ayrim namunalarida avvalgisidan 175 kg yengilroq bo‘ladi. 

Xetchbek barcha g‘ildiraklarni yetakchiga aylantiradigan yangi tizimga ham ega bo‘lgan. 

FlexRide moslashuvchan shassisida uchta: Standard, Sport va Tour tartibi bo‘lib, haydovchi o‘zi istaganini tanlay oladi. Shundan so‘ng, amortizatorlar, rul boshqaruvi, sakkiz bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi, barqarorlashtirish tizimlari va tezlik pedali sozlanmalari o‘zgaradi. Bundan tashqari, avtomobil elektronikasi haydovchining boshqarish uslubini tahlil qilgan holda yangi sozlanmani ham ishlab chiqishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: