WikiLeaks portali Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi, Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Barat Albayrakning shaxsiy pochta qutisidagi elektron maktublarni chop etdi.
Umumiy hisobda 2000 yil apreldan 2016 yil 23 sentabrgacha yozilgan 58 mingta maktub chop etilgan. Asosan bu maktublar Albayrakning hukmron elita – siyosatchilar, tadbirkorlar, qarindoshlari bilan olib borgan maktublaridan iborat.
WikiLeaks’da ta'kidlanishicha, bu maktublar Albayrakning turk siyosati va hayotidagi turli sohalarga "jadal" ta'sir qilganini ko‘rsatadi.
Misol uchun, maktublardan Albayrak Powertrans kompaniyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ayon bo‘ladi. 2011 yilda Erdo‘g‘an hukumati neft va undan olinadigan barcha mahsulotlarni Turkiyaga hududiga yoki uning hududidan import, eksport va transportirovka qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qilgan. Biroq qonun muayyan holatlarda taqiqlovni bekor qilishni ko‘zda tutgan. Xuddi shu holat Powertrans bilan yuz bergan, unga ochiq savdolar o‘tkazmasdan neftni transportirovka qilish huquqi taqdim qilingan. WikiLeaks’da ta'kidlanishicha, turk OAV Powertrans IShID nazorat qiluvchi neftni Turkiyaga import qilishini taxmin qilgan. Biroq Albayrak kompaniya bilan bog‘liqligini inkor qilib kelgan. Biroq maktublar buning aksini ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, ba'zi maktublar Albayrakning turk OAV va ijtimoiy tarmoqlarini hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi foydasiga nazorat qilishga urinishidan guvohlik beradi.