Meizu kompaniyasi Pekinda yangi Meizu M5 Note smartfoni taqdimotini o‘tkazdi. Kompaniya ba'zi Osiyo davlatlaridagi 4 raqami bilan bog‘liq xurofotlar tufayli fabletlarning to‘rtinchi avlodini o‘tkazib yuborishga qaror qildi. Shunday ekan, Meizu M5 Note bozorda Meizu M3 Note'ning o‘rnini egallaydi. Hi-Tech nashri shu haqida ma'lum qildi.
Yangi smartfon korpusi metalldan ishlab chiqilgan, uning yon tomonlarida plastik qo‘shimchalar yo‘q. Metall bu safar qalinroq ishlangan - Meizu M5 Note ishonchli va mustahkam qurilma.
MediaTek Helio P10 protsessori chuqur optimallashtirilgan. Shuning hisobiga qurilmaning xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshdi, energiya iste'moli esa kamaydi.
Smartfonda olingan surat va videolar sifati yanada yuqori. Bu ayniqsa mikrosuratlarda yaqqol seziladi.
Meizu M5 Note smartfoni ikki versiyada ishlandi - 3 va 4 Gb operativ xotira. Uning parametrlari:
Chipseti: MediaTek Helio P10, 8 yadro (4 ARM Cortex A53 chastotali 1,8 GGts + 4 ARM Cortex A53 chastotali 1 GGts), grafikasi Mali-T860
Operativ xotira: 3/4 GB, LPDDR3
Doimiy xotira: 16/32/64 GB
Ekran: 5,5 dyuym, IPS, Full HD (1920x1080), 403 ppi, 450 kd/kv.m
Asosiy kamera: 13 MP, gibridli (faza + lazer) avtofokus, f/2.2
Old kamera: 5 MP
SIM-kartalar uchun: gibrid (2 SIM yoki SIM+microSD)
Akkumulyator: 4000 mAch, tezkor quvvatlash (18 Vt)
Barmoq izlari skaneri: mavjud, 0,2 s'da ishga tushadi
OS: Android 6.0, Flyme 6
Hajmi: 153,6x75,8x8,1 mm
Og‘irligi: 175 g
3 Gb operativ va 16 Gb flesh xotirali smartfon narxi Xitoyda 899 yuan (130.7 dollar) etib belgilandi. 3/32 versiyasi bahosi esa - 1099 yuan (159.7 dollar). Top konfiguratsiyasi - 1299 yuan (188.86 dollar).