Kvebekning Girfalco kompaniyasi o‘zining ilk modeli – sport elektr trisikli Azkarra suratlarini va uning texnik ko‘rsatkichlarini e'lon qildi. U yuz kilometr/soat tezlikka erishish uchun 3 soniyadan kamroq vaqt sarflashi ta'kidlanmoqda. Undan atigi 100 nusxa chiqarish rejalashtirilgan, birinchi yilda 25tagina ishlab chiqariladi.
Elektrokar uch xil namunada: asosiy, S tasnifidagi «kuchaytirilgan» va Unique Edition «eksklyuziv» namunasida havola etiladi. Shu bilan birga, eng arzon va qimmat variantlari o‘rtasidagi farq juda kattadir.
Eng arzon Girfalco Azkarra modeliga 73 ot kuchiga ega, bitta elektr motor o‘rnatiladi. Ba'zi hollarda u qisqa muddatga 102 ot kuchi bilan ta'minlay oladi. Uning vazni 480 kg bo‘lib, 4,5 soniyada «yuz»ga chiqa oladi. Eng yuqori tezligi soatiga 200 kmni tashkil etadi.
S toifasiga jami 220 ot kuchiga ega 3ta elektromotor joylashtiriladi. Ular ayrim hollarda 306 ot kuchini bera oladi. Uning vazni 510 kg bo‘lib, soatiga 100 km tezlikka 2,5 soniyada erishadi. Bu trisiklning maksimal tezligi soatiga 240 kmni tashkil etadi.
Ikkalasi ham bir marta quvvatlangach, 200 kmga yaqin masofani ortda qoldira oladi. Maxsus quvvatlagichlardan foydalanilganda, akkumulyatorlarni yarim soatda 80 foizga to‘ldirish mumkin.
Eng arzon Azkarra mijozga 67,5 ming Kanada dollari (50,8 ming AQSh dollari)ga aylanadi. S tasnifi uchun 97,5 ming dollar (73,5 AQSh dollari)ning bahridan o‘tish talab etiladi. Supertrisikl savdosi 2017 yil bahoridan boshlanadi.