Ford kompaniyasi "Ob-havo fabrikasi"ni ishga tushiradi

Fan-texnika 14:12 / 06.12.2016 5377

Ford kompaniyasi yaqin-yaqindan beri Kyoln shahri chekkasida o‘zining yangi avtomobillar sinovi uchun Yevropa tadqiqot markazi qurilishi bilan shug‘ullanmoqda. Agar bir jihati bo‘lmaganida, bu hodisa oddiy voqea sifatida qabul qilinar edi. Ushbu markaz bazasida "ob-havo fabrikasi", ya'ni atrof-muhitda har qanday sharoitlar - charaqlab turgan quyoshdan to favqulodda sovuq haroratgacha imitatsiya qila oluvchi tizim ishga tushadi. Hi-News shu haqida ma'lumot va video taqdim etdi. 

Tadqiqot markazining umumiy maydoni 5 500 metrni tashkil qiladi. Fabrika 2017 yilda to‘liq ish boshlaydi. Uning hududida 2 aerodinamik quvur, 4 iqlim va "tog‘ kamerasi" joylashgan. Bundan tashqari, har bir iqlim kamerasining ichida atrof-muhit haroratini o‘zgartirish mumkin. 

Shuningdek "Ob-havo fabrikasi"da sun'iy yomg‘ir, qor va do‘l hosil qiluvchi sozlamalar mavjud. Tadqiqot markazi bazasida elektron tortishuv, tormoz, iqlim-nazorat, kuzovning chidamliligi va barqarorligi, favqulodda haroratlar ta'siri va yana ko‘plab parametrlarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 

Ford kompaniyasining Yevropa bo‘limi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yangi tadqiqot markazi atrof-muhitni Sahro markazidagi sharoitdan to Janubiy qutbdagi haroratgacha sozlash imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, kompaniyaga avtomobillarning yangi modellarini ishlab chiqish va ularni bozorga chiqarishga sharoit yaratadi. 

Shuni ta'kidlash joizki, markaz to‘liq ekspluatatsiyaga tushmagan bo‘lsa-da, ob-havo imitatsiyasi kamerasi barcha sinovlardan o‘tib bo‘ldi. Yangi tadqiqot markazida ko‘proq ma'lumot olishni istaganlar uchun quyida berilgan videoni tomosha qiling. 


 

Ko‘proq yangiliklar: