Audi kompaniyasi NIPS (Neural Information Processing Systems) anjumanida yangi avloddagi parkovka avtopilotini yaratish bo‘yicha Audi Q2 Deep Learning Concept platformasini namoyish qildi.
Gap joriy sharoitlarga bog‘liq ravishda mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishga qodir tizimni yaratish uchun chuqur mashinaviy ta'lim texnologiyasini qo‘llash haqida ketmoqda. Bunday avtopilot o‘zi mustaqil ravishda parkovka uchun joy qidira oladi va barcha manyovrlarni inson ishtirokisiz bajara oladi.
Audi Q2 Deep Learning Concept bu 1:8 nisbatdagi kichik elektromobil bo‘lib, old va orqa kameralar hamda butun perimetri bo‘yicha 10 ta ultratovush sensor bilan jihozlangan. Datchiklardan olinadigan ma'lumotlar markaziy kompyuterga tushadi, u esa rul va elektromotor uchun boshqaruvchi buyruqlarni vujudga keltiradi.
Avtomobil takomillashishi uchun parkovka joyini imitatsiya qiladigan 3x3 o‘lchamdagi metall ramkali maxsus maydoncha qo‘llanadi. Mashina o‘rganish davomida avval parkovka joyiga nisbatan o‘z holatini aniqlab oladi. So‘ngra u harakat trayektoriyasini hisoblab chiqadi. Tizim yo‘l qo‘yilgan xatolar va amalga oshirilgan harakatlar haqida statistik ma'lumotlarni hisobga olib doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirib boradi.
Tadqiqotning keyingi bosqichida ushbu texnologiya haqiqiy avtomobilga tatbiq qilinadi. Bu tizim bozorda qachon paydo bo‘lishi haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.