Gavayi orolida deyarli bir metrlik qor yog‘di

Foto: bbc.com
Oxirgi bir necha kun ichida Gavayi orolida rekord darajadagi qor yog‘di. Orolning ba'zi joylaridagi qor qatlami 90 santimetrga yetgan.
Ob-havo mutaxassislarining aytishicha, qor tropik hududlarda ham yuz berib turadi, biroq bunday past balandliklarda juda kam uchraydi.
Eng kuchli yog‘ingarchilik orolning eng baland cho‘qqilari – Mauna-Kei va Mauna-Loa vulqonlari atrofiga to‘g‘ri kelgan.
Ko‘rinish deyarli nol darajani tashkil qilayotgani sababli mahalliy aholidan uylarini tark etmaslik so‘ralgan.
Prognozlarga ko‘ra, qor 4 dekabrda ham davom etadi. Orolning boshqa qismlarida jalalar yog‘moqda.
Mavzuga oid

10:11 / 05.12.2022
Toshkentda ob-havo sabab avtobuslar oraliq interval vaqtlari ortishi mumkin

17:46 / 04.12.2022
5 dekabr kuni ham O‘zbekistonda qor yog‘ishi davom etadi

16:00 / 04.12.2022
Qamchiq dovonida hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda

19:07 / 29.11.2022