AQShning DARPA harbiy agentligi va Northrop Grumman kompaniyasi birgalikda 2018 yilda vertikal parvoz qila oladigan yangi harbiy dronni taqdim qilishlarini e'lon qildilar. Ayni vaqtda muhandislar loyihaga yakuniy tuzatishlarni kiritmoqdalar, shundan keyin dronning dala sinovlari uchun yaroqli versiyasi yaratiladi. «Tern» deb nom olgan dron bugungi kunda mavjud harbiy modellardan maxsus uchish polosasiga ega bo‘lmagan kichik harbiy kemalardan ucha olishi bilan farqlanadi.
Tern dum qismiga qo‘yilgan holda, vertikal holda uchadi. Ikkita parrak dronni havoga ko‘taradi, so‘ngra dron gorizontal holatni egallab, shu tariqa parvozni davom ettiradi. Dron qo‘nish vaqtida yana parraklari bilan tepaga qarab buriladi, joyida muallaq turib kema palubasiga qo‘nadi. Dron 1100 km lik masofalarni uchib o‘ta oladi, u bunda 454 kg gacha yukni tashiy oladi.
Tern amerikalik harbiylarning talablariga to‘liq mos kelishi uchun ikki marotaba qayta ishlandi. Dron dvigateli General Electric tomonidan tayyorlangan. Dron yaratuvchilari uning dasturiy ta'minotiga alohida e'tibor qaratishgan. Bu dasturga dronning manyovrligi va beshikast uchish-qo‘nishi bog‘liq. Ishlab chiqaruvchi 2018 yilda dronning 2 ta sinov namunasini yaratmoqchi. Bu dronlar amerikalik harbiylar tomonidan faol tarzda sinovdan o‘tkaziladi.