Savdodan tushgan naqd pulni nazorat kassa mashinasiga kirim qilmagan MChJ rahbari jazolandi

Foto: © Fotolia
Angren shahridagi “Qurilish montaj” MChJning rahbari Jamol Islomov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2015 yildan qonunni chetlash holatlariga yo‘l qo‘ya boshlagan. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
2015 yil davomida MChJga 3 mlrd, 638 mln, 771 ming so‘mlik qurilish mollari kirim qilinadi. J.Islomov ushbu mahsulotlarni turli shaxslarga naqd pulga sotib yuboradi-yu, tushgan pul mablag‘larini nazorat kassa mashinalariga kirim qilishni istamaydi. Tekshirishda J.Islomov davlat byudjyetiga 181 mln. 938 ming so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani ma'lum bo‘ldi.
Sud uning qilmishiga yarasha jazo tayinlab, hukm chiqardi.
Mavzuga oid

15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi

14:20 / 15.10.2024
Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi

16:05 / 03.08.2024
Sudlar “amnistiya” vositasiga aylantirib olgan modda. Nega jazoning muqarrarligi ta’minlanmayapti?

13:54 / 02.07.2024